Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING "MADANIYAT VA YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDAGI KONSERT DASTURLARI DAVOM ETMOQDA
2022-04-28    603

Xabaringiz bor, shu kunlarda viloyatimiz bo'ylab "Madaniyat va yoshlar oyligi" doirasida turli tuman tadbirlar, ko'rgazmalar namoyishi va ko'ngilochar konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda.

 

Xuddi shu munosabat bilan bugun, 28-aprel kuni Andijon shahrida joylashgan "Qo'g'irchoq teatri" da Andijon davlat universiteti tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. Ushbu konsert dasturiga universitetning san'atshunoslik va pedagogika fakultetlari mezbonlik qildilar.

 

Konsertda universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida bir qator professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

Ushbu ko'ngilochar konsert dasturi shahar aholisini ham o'ziga jalb etdi va ular ham oilaviy tarzda kechaga tashrif buyurdi.

 

Ko'tarinkilik bilan boshlangan konsert so'ngiga qadar barcha yig'ilganlarga yuqori kayfiyat bag'ishladi va dillarni xushnud etdi.

 

"Madaniyat va yoshlar oyligi" davom etadi. Siz ham faol bo'ling, vaqtingizni biz bilan maroqli o'tkazing!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.