Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA 28-APREL – BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN SOHA MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-04-28    394

“Inson qadri” ustuvor jamiyatda fuqarolarning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, hayoti va sog‘ligi, ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlash masalalari hamisha dolzarbligicha qoladi.

28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Andijon davlat universitetiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mutaxassisi Nurilla Dadajonov, Federatsiyaning viloyat Kengashi Mehnat texnik inspektori Muzaffar Azimxodjaev hamda Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassisi Kayumov Dilshodbek tashrif buyurdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarni universitet Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Mirzabahrom Botirov va Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Qo‘zibekovlar munosib kutib oldi.

Dastlab mehmonlar universitet rektori Akramjon Yuldashev qabulida bo‘lib, universitetda mehnat muhofazasi bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.

So‘ngra Andijon davlat universiteti Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Mirzabahrom Botirov va Shuhrat Qo‘zibekovlar ishtirokida universitetning barcha mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida amalga oshirayotgan ishlar bilan tanishdi.

Unda xodimlarga mehnat muhofazasida qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanliklari, ish beruvchiga qo‘yiladigan talablar birma-bir aytib o‘tilib, ish joyida yuzaga keladigan zararli omillardan o‘zni qanday himoyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirildi.

Univeritetning mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi mutaxassislar, vakillariga va kasaba uyushma qo‘mitasi raisiga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, tegishli qonun hujjatlarini yuritish va qonunlardagi o‘zgarishlar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.