Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 27-aprel kuni Andijon davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetida talabalar oʻrtasida sportning stol tennis turi bo'yicha oʻtkazilgan musobaqaning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada sporting stol tennis turi boʻyicha jismoniy madaniyat fakultetining 1-hamda 3-bosqich talabalaridan iborat jami 14 ta guruhdan 36 nafar talabalar ishtirok etdi.
"Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish" shiori ostida oʻtkazilgan ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida:
1-oʻrinni Abdugʻaniyev Muhammadyusuf
2-oʻrinni Abdurahimov Doniyorbek
3-oʻrinni Zohidjonov Abdurahmon
Qizlar oʻrtasida yakuniy natijalariga koʻra:
1-oʻrinni Rahimberdiyeva Xojibarno
2-oʻrinni Xolmaxammatova Tursunoy
3-oʻrinni Abdullayeva Soliya
Gʻolib boʻlgan talabalarga fakultet tomonidan tashkil etilgan fakultet koʻchma kubogi va diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI