Xabaringiz bor, Aandijon davlat universiteti va OʻzliDeP Andijon viloyat kengashi oʻrtasida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi asosida memorandum imzolangan edi. Ushbu hamkorlik doirasida bugun, 27-aprel kuni universitetimizda seminar bo'lib o'tdi.
Tadbirda yangilanib borayotgan Oʻzbekistonda siyosiy partiyalar oʻrtasidagi raqobat kuchayib borayotgani, oliy taʼlim muassasalarida talabalarini siyosiy madaniyatini oshirish, davlat va jamiyat rivojlanishiga xissa qoʻshishga koʻmaklashish, shuningdek, partiyaning markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qoʻyish, boshqaruv organlariga tavsiyalar berish ishlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida, talabalar tomonidan OʻzLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida oʻzlarini qiziktirgan savollariga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob olishdi va kelgusida shu kabi tadbirlarni koʻproq oʻtkazish, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan tadbirlar tashkil etish takliflari berildi. Ushbu tadbirda universitetimizning iqtidorli 8 nafar talabalari partiya istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Andijon Davlat Universitetida OʻzLiDePning Yangi avlod kadrlari Bosh konsultanti- loyiha rahbari etib, Maxsudov Jaxongirbek saylandi.
Shuningdek, “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Andijon Davlat Universitetida OʻzLiDePning Yangi avlod kadrlari Bosh konsultanti- loyiha rahbarining ayollar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Avazbekova Moxinur saylandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI