Andijon Davlat
Universiteti
"MADANIYAT VA YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDAGI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR KO'TARINKI KAYFIYATDA DAVOM ETMOQDA
2022-04-27    407

Xabaringiz bor, shu kunlarda viloyatimizda "Madaniyat va yoshlar oyligi" munosabati bilan koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri kuni kecha Andijon viloyati bolalar qoʻgʻirchoq teatri oldida tashkil etildi.

Ushbu konsertda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev, turli fakultetlar tyutor va talabalari ham ishtirok etdilar. Shuningdek, mazkur hududga yaqin joydagi mahalla fuqarolar yigʻinlari aholisi ham tashrif buyurib, maroqli hordiq oldilar.

Konsert dasturida san'atshunoslik fakultetining xushovoz xonandalari tomonidan bir-biridan ajoyib qo'shiqlar kuylandi. Tashkil etilgan ushbu konsert dasturi mahalla ahlining koʻngliga ham manzur kelib, ijro etilayotgan qo'shiqlar ishtirok etayotgan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Madaniyat oyligida Andijon davlat universiteti tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi konsert dasturlar ko'tarinki kayfiyatda davom etadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.