Har yili 26-aprel xalq suygan shoir Muhammad Yusufning tavallud ayyomi mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanadi.
Bu yil ham shoir tavalludining 68 yilligi shoir tugʻilgan Marhamat tumanida, maktabida, butun Andijon viloyati hamda poytaxtimizdagi shoir nomidagi maskanlarda bayram sifatida nishonlandi.
Ayniqsa, shoir tugʻilgan yurt - Marhamat tumaniga reslublikamizning turli goʻshalaridan mehmonlar keldilar. Xususan, universitetimizning filologiya fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishi 3-bosqich talabalari tyutor M. Tojiboyeva boshchiligida Marhamat tumaniga tashrif buyurib, shoirning uy-muzeyi hamda abadiy qoʻnim topgan maskanini ziyorat qildilar.
Tashrif davomida ular shoirning sinfdoshlari, shogirdlari bilan suhbatda boʻlib, u haqidagi adabiy xotiralarni tingladilar. Ushbu xotiralar va tashrif filologlarning kelajakdagi ilmiy ishlarida muhim material boʻladi deb ishonamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI