Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 68 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA
2022-04-26    605

O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday shoirlarimizdan biri, shubhasiz O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufdir.

Bugun, 26-aprel Andijon davlat universitetida shoir Muhammad Yusuf tavvaludining 68 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni universitetimiz rektori Akromjon Yuldashev o'zining shoir haqidagi iliq va samimiy so'zlari bilan boshlab berdi.

Tadbir ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi va unda professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tashkil etilgan ushbu adabiy-badiiy kechada shoir Muhammad Yusuf go'zal xotirlar bilan yodga olindi, iqtidorli talabalar talqinida uning she'rlari o'qildi.

Shuningdek, filologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. San'atshunoslik fakultetining tasviriy san'at muhandisligini grafikasi yo'nalishi talabalari tomonidan Muhammad Yusufning turli ko'rinishdagi surati chizildi.

Tadbir so'ngida barcha qatnashchilar universitet rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijonning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf yodi mangu barhayot. Uning ijodi qalblarimizni junbushga keltirishdan, hayajonga solishdan aslo to'xtamaydi. Bugungi bo'lib o'tgan ushbu tadbir orqali bunga yana bir karra amin bo'ldik.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.