Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING "MADANIYAT VA YOSHLAR" OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2022-04-26    481

Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon shahrida joylashgan "Qo'g'irchoq teatri" oldida "Madaniyat va yoshlar oyligi" doirasida katta ko'ngilochar tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida bir qator professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Teatrning yosh iste'dodlari tomonidan sho'x kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Shahrimiz aholisining madaniy hordiq olishlari uchun tashkil etilgan tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbir talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va hordiq olishida katta hissa qo'shdi.

Universitetimiz tomonidan tashkil etilayotgan "Madaniyat va yoshlar" oyligi doirasida konsert va dasturlar namoyishi davom etadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.