Qirg‘iziston Respublikasi fan va ta’lim vazirligi O‘sh davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan O‘sh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining professor-o‘qituvchilari, magistr va talabalardan tashkil topgan delegatsiya 2018 yil 27 fevral kuni universitetimizga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Andijon-O‘sh viloyatlari chegara hududida joylashgan “Do‘stlik” postida universitet vakillari sifatida tarix fakulteti dekani R.Shamsutdinov, ADU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Alimov hamda bir gurux professor-o‘qituvchilari kutib oldilar.
Universitet bosh binosi oldida esa Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Rasulov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xamraqulov, tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va Qirg‘iz tili ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchi va talabalari o‘zbek va qirg‘iz milliy liboslarida kutib oldilar. Mehmonlarga musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalari dutorchi qizlar ansambli tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Ta’viriy san’at ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. So‘ng mehmonlarni universitetning tarix fakulteti binosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishtirildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston tarixi, Jaxon tarixi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan adabiyotlar, ilmiy va uslubiy ishlanmalar taqdim etildi. Ayniqsa Jaxon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Musaev tomonidan tashkil etilgan qadimiy tangalar kolleksiyasi mexmonlarda katta ta’surot qoldirdi.
Mehmonlarga fakultetdagi ta’lim jarayoni, fakultetning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi jamoat fondi, “Vodiynoma” ilmiy ommabop jurnali tahririyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suxbat dovomida professor R.Shamsutdinov 2018 yil 17 may kuni fakultetimizda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon xonligining atoqli davlat arbobi va sarkardasi Amir lashkar Alimqulning xayoti va faoliyati” mavzusidagi xalqaro konfirensiya o‘tkazilishi borasida o‘z fikr muloxazalarini bildirib o‘tdi.
O‘z navbatida mexmonlar xam Osh davlat universitetida 2018 yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga fakultet jamoasini taklif qildi.
Bundan tashqari tarix fakulteti 2 bosqich talabilari bilan O‘sh davlat universiteti professor-qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida muloqot uyushtirildi va mexmonlarga dars jarayoni bilan tanishish imkoni yaratib berildi.
Universitetning kichik majlislar zalida tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘sh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Kamolov Erlan Toktonazarovich bilan tarix fakulteti dekani Ravshanbek Rustambekovich Shamsitdinovlar o‘rtasida akademik xamkorlik to‘g‘risida, O‘sh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Sharqshunoslik kafedrasi mudiri Botonoev Jo‘ldoshbek Sovetbekovich bilan Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri Soyibjon Abdurazzaqovich Xoshimovlar o‘rtasida xamkorlik to‘g‘risida, O‘sh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Sharqshunoslik kafedrasi mudiri Botonoev Jo‘ldoshbek Sovetbekovich bilan Andijon davlat universiteti Jaxon tarixi kafedrasi mudiri Xamraeva Tanzilya Ravilevnalar o‘rtasida, shu bilan birgalikda Jaxon tarixi kafedrasi mudiri Xamraeva Tanzilya Ravilevna va O‘sh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri Nurdinova Kanыsay Xamitovnalar o‘rtasida hamda fakultetlararo chet tillar kafedrasi bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Ushbu shartnomalarga binoan ikki davlat universitetlari o‘rtasida ilmiy tadqiqot loyixalarini xamkorlikda bajarish, ilmiy konferensiya va forumlarni xamkorlikda o‘tkazish, tajriba almashish va boshqa masalalar to‘g‘risida kelishib olindi.
Uchrashuvdan so‘ng universitet oshxonasida mehmonlarga tushlik dasturxoni tashkil etildi. Andijon davlat universiteti qirg‘iz tili ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan teatrlashtirilgan hamdo‘stlik mavzusida kuy va qo‘shiqlari ijro etildi.
Tushlikdan so‘ng universitet bosh binosi oldida mehmonlar va universitet rahbariyati bilan birgalikda fotosetsiya tashkil etildi. Shundan so‘ng, mehmonlar uchun ajratilgan avtobusda Andijon shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurildi. Tashrif jarayonida Bog‘ishamol hududida joylashgan Zaxiriddin Muhammad Bobur muzeyiga va istiroxat bog‘i tanishtirildi.
Tashrif yakunida mehmonlarni Andijon-O‘sh viloyatlar chegara hududida joylashgan “Do‘stlik” postidan kuzatib qo‘yildi. Mehmonlar yaratilgan sharoit va iliq mehmondo‘stlik uchun universitet rahbariyati hamda tarix fakulteti dekani R.Shamsutdinovga o‘z minatdorchiliklari bildirib O‘sh universitetiga taklif qildilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI