Andijon Davlat
Universiteti
JANUBIY KOREYANING JOONGBU UNIVERSITETINING TALABA ALMASHINUV DASTURI HAQIDA E’LON
2022-04-25    804

Xabaringiz bor,Andijon davlat universiteti uzoq yillardan beri Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu hamkorlik natijasi o’laroq Joongbu universiteti Andijon davlat universiteti talabalari safidan 3-5 nafargacha koreys tili bo’yicha Topic-2 yoki undan yuqori til sertifikatiga ega yoshlarga 2022-yil kuzgi semestr uchun 6-12 oylik bepul exchange programme taklif qilayotganligini ma’lum qilamiz.

 - yotoqxona va yo'l xarajatlari talaba tomonidan qoplanadi.

 Talablar: 1-3 kurs (kunduzgi) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

 Hujjat topshirish uchun oxirgi muddat – 2022-yil 10-may.

Barcha tafsilotlar va ariza yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotni olish uchun Andijon davlat universitetining Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat etishlari mumkin.

Tel: +99893 5335546

      +99888 9988122

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.