O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday shoirlarimizdan biri, shubhasiz, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufdir.
Bugun, 25-aprel kuni Andijon davlat universiteti maktabgacha taʼlim fakultetida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavvaludining 68 yillik munosabati bilan "O, ota makonim" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbati dotsent F.Kiyikboyev va fakultet tyutori D.Karimova tomonidan tashkillashtirildi.
Tadbir davomida talabalar shoir siymosini go'zal yodlar bilan esladi va uning qalamiga mansub sheʼrlardan namunalar oʻqidi.
Tashkil etilgan ushbu adabiy-badiiy kecha ishtirokchilarda katta taassurot uyg'otdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI