Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON VILOYATI HOKIMINING TURIZM MASALALARI BOʻYICHA OʻRINBOSARI UNIVERSITETIMIZGA TASHRIF BUYURDI
2022-04-23    545

Joriy yilning 23-aprel kuni Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida Andijon viloyat hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari Maxsumov Azizxon Nodirbekovich bilan uchrashuv oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvda ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti turizm yoʻnalishi 2-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

 

Uchrashuv davomida yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, mazkur soha boʻyicha istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash va saralab olish, ularni ish bilan ta'minlash masalasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida soʻz yuritildi.

 

Respublikamizda ichki va tashqi turizm uchun moʻljallangan manzillar juda ko‘p ekanligi aytib oʻtildi. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm, Andijon viloyati respublikamizning eng turistbop joylari ekanligi haqida maʼlumotlar berildi.

 

Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassis tomonidan javob oldilar. Ushbu uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.