Andijon Davlat
Universiteti
VILOYATIMIZDAGI OLIY TA'LIM MUASSASALARI O'RTASIDA "ZAKOVAT" BO'YICHA "TALABALAR LIGASI" O'YINLARI O'TKAZILDI
2022-04-23    613

Joriy yilning 22-aprel kuni Andijon davlat universiteti axborot-resurs markazida Andijon viloyatidagi OTM talabalari oʻrtasida "Zakovat" boʻyicha "Talabalar ligasi" oʻyinlarining dastlabki tur oʻyinlari oʻtkazildi.

Ushbu turnirda Andijon viloyatidagi davlat oliy ta'lim muassasalarining 6 ta "Zakovat" klubi aʼzolaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Har hafta oʻtkazilishi belgilangan ushbu turnirda Andijon davlat universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.

2 bo'limdan iborat dastlabki o'yinda umumiy 20 ta savol o'ynaldi.

Teng kurashlar asosida kechgan 1-tur natijalari quyidagicha:

1-1. "Universal" (Andijon davlat universiteti) - 5 ochko;


1-1. "Dominant" (Andijon davlat tibbiyot instituti) - 5 ochko;


2-2. Andijon mashinasozlik instituti - 2 ochko;


2-2. "Agrolider" (Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti) - 2 ochko;


3-3. "Andijon yoshlari"(Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti) - 0 ochko;


3-3. Andijon qurilish va iqtisodiyot instituti - 0 ochko.

Tur oʻyinlari davom etadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.