Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA BITIRUVCHI KURS TALABALARINING BANDLIGINI TA'MINLASH BO'YICHA TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2022-04-22    623

Joriy yilning 4-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetida Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalarini ishga joylashtirish bo'yicha uchrashuv tashkil etildi.

 

Bo’lib o’tgan suhbatda tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan ekologiya va atrof-muhtni muhofaza qilish ta’limi yo’nalishining 60 ga yaqin talabalari ishtirok etdi.

 

Suhbat boshida Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhtini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig’ining 1-o’rinbosari H.Maksumov so’z olib talabalarga bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan bir qator islohotlar, soha yangiliklari  hamda erishilayotgan yutuqlar, kelajakdagi rejalar haqida tushunchalar berdi.

 

Suhbat davomida Ekologiya va atrof-muhitini muhofaza qilish boshqarmasi yig’im axborot bo’limi boshlig’i M.To’htaboyev so’zga chiqib bu soha bo’yicha mavjud ish o’rinlari, ishga joylashtirish tartibi to’g’risida so’z yuritdi hamda suhbat yakunida talabalar tomonidan soha bo’yicha berilgan savollariga yetarlicha javob berdi.

 

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan talabalar soha mutaxassislari tomonidan ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.