Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING KITOB SEVAR TALABALARI "DUNYO SHE'RIYAT BILAN GO'ZAL" NOMLI IJODIY KECHADA ISHTIROK ETDILAR
2022-04-22    488

Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir.

Kuni kecha Andijon viloyati Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat kutubxonasida Nusrat Abdusalomning ijodiga bag'ishlangan "Dunyo she'riyat bilan go'zal" mavzusida ijodiy kecha o'tkazildi.

Ushbu kechada Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti tyutori Dilfuzaxon Xodjayeva boshchiligida 60 nafar talaba-yoshlarimiz ishtirok etdilar.

Muloqot ruhidagi mazkur tadbirda insoniyat hayotida kitobning tutgan o'rni, adabiyot va zamon, kitobxonlik madaniyati xususida so'z bordi. Viloyatimizda keng ko'lamda o'tkazilayotgan kitobxonlik haftasini yuqori saviyada tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar o'rtaga tashlanib, kelgusida ham mana shunday ijodiy kechalarni ko'plab o'tkazish kerakligi aytib o'tildi.

Bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi kitobxonlikni yoshlar ongiga singdirish bilan bir qatorda ularning ma'naviyati va salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.