Bugungi talabalar orasidan zamonaviy fikrlaydigan, maʼnan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkiliy masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega boʻlgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qoʻyish loyihaning asosiy vazifalaridan biri.
Andijon davlat universiteti bilan partiyaning uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, universitet bitiruvchilarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularni siyosiy partiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirishga kelishib olindi.
Universitetimizda taxsil olayotgan bakalavr yoki magistratura bosqichlari bitiruvchi talabalari orasida “Yangi avlod kadrlari” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etganlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga kiritiladi. Ularning kelgusida yaxshi mutaxassis, shuningdek, partiyaning maqsad va vazifalarini sidqidildan amalga oshiradigan fidoiy inson boʻlishilari uchun ham harakat qilinadi.
Albatta, yoshlarning bilimli va yetuk kadr boʻlishi nafaqat bilimda, balki ularning siyosiy tushunchalarini ham kengaytirib borishga ham bogʻliqligi memorandumda oʻz aksini topgan. Bu boradagi ishlar amalda natijasini koʻrsatishi uchun har ikki tomon oʻziga xos birdamlikda ish boshladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI