Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI "MADANIYAT VA YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2022-04-20    588

Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimining tashabbusi bilan viloyatimiz bo'ylab "Madaniyat va yoshlar oyligi" bo'lib o'tmoqda.

Xuddi shu munosabat bilan bugun, 20-aprel kuni Andijon shahrining Registon maydonida Andijon davlat universitetining san'atshunoslik fakulteti tashabbusi bilan xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali tashkil etildi.

Ushbu ko'rgazmada Andijon davlat universiteti san’atshunoslik fakultetining tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, rangtasvir, amaliy san’at yo‘nalishi ustoz va talabalari ham oylik doirasidagi barcha tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Ko'rgazma ochiq osmon ostida barchani o'ziga jalb qilgan holda ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Ushbu ko'rgazma Andijonimiz aholisi uchun ham qiziqarli bo'ldi va ular bevosita tashkil etilgan ko'rgazmalarda ishtirok etdi.

San'atshunoslik fakultetining tasviriy san'at muhandislik grafikasi yo'nalishlarida taxsil oluvchi iqtidorli talabalari tomonidan Registon maydonidagi ko'rgazmaga kelgan mehmonlarning suratlarini chizib berdi va bu orqali festivalda ishtirok etgan mehmonlarning qalbida chuqur mamnuniyat uyg'ondi.

 

Ushbu oylik doirasida Andijon davlat universiteti tomonidan bir qator keng qamrovli konsert dasturlari va tadbirlar davom etadi. Ushbu tashkil etilayotgan tadbirlarimizga barchangizni taklif etamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.