Bugun, 20-aprel kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 17-18-iyun kunlari davomidagi topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 33-sonli yigʻilish bayoni 114-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi "Yoʻl xaritasi"da belgilangan ushbu anjumanda xalqimiz sevgan shoirlar, universitetimiz filologiya fakulteti dekani, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari va boshqalar ishtirok etdilar.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Xurshidabonu Qoʻchqarova mazkur anjumanga moderatorlik qildi.
Dastlab soʻz olgan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori H.Umarova, Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari N. Moʻminovlar anjumanni ochib berdilar.
Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo esa Muhammad Yusuf ijodida Vatan madhi haqida soʻzladi. Soʻngra soʻz olgan Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari Botir Ergashev shoir ijodining oʻziga xosligi haqida gapirdi.
Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bahodir Rahmonov shoir bilan bogʻliq xotiralari haqida soʻzlab, oʻzbek sheʼriyatida Muhammad Yusufning oʻrnini alohida eʼtirof etdi.
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, uning asarlarining tugʻilishi haqida shoirning rafiqasi Nazira as-Salom soʻzladi.
Shuningdek, anjumanda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi ustozlari ham oʻz nutqlari bilan qatnashdilar. Mazkur maktabning ijodkor oʻquvchilari shoir sheʼrlaridan mehmonlarga oʻqib berdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI