Andijon Davlat
Universiteti
"HUMO" TALABALAR TEATR STUDIYASINING "FARISHTASIZ XONADON" NOMLI SPEKTAKLI O'TKAZILDI
2022-04-19    698

“Teatr - bu ibratxonadir”. Teatrni ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiy ana shunday atagan bo'lsa, bugun yurtboshimiz, teatrni ma'naviyat o'chog'i, ijod ahlini esa inson qalbining muhandislari deya yuksak ta'riflaydilar. Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma'naviyatini yuksaltirishda teatrning alohida o'rni bor.

Mana shunday teatrlardan biri bugun, 19-aprel kuni Andijon davlat universitetida tarix fakultetining “Humo” talabalar teatr studiyasining “Farishtasiz xonadon ” nomli spektakli boʻlib oʻtdi.

Ushbu spektakl millatimizga xos goʻzal udumlar, oʻlmas qadriyatlar ziynatini oʻziga xos tarzda tarannum qilgan asar yozuvchi Qobiljon Yunusovning shu nomli melodramasi asosida sahnalashtirildi.

Andijon davlat universiteti “XUMO” teatr studiyasi ijodiy guruhi tomonidan sahnalashtirilgan Andijonlik marhum drammaturg Qobiljon Yunusov qalamiga mansub “Farishtasiz xonadon” deb nomlangan spektaklda namoish etiladigan voqealar, bugungi kun uchun ham oʻz qimmatini yoʻqatmagan.

Shahardagi oddiy xonadonda yashayotgan uy bekasi, uning qizi, shaharda joylashgan  oliygohlarda oʻqiyotgan va shu xonadonga kvartirant boʻlib yashayotgan qizlar hamda ularning shu xonadonda kechgan ziddiyatli hayoti hikoya qildinadi. O'tkazilgan ushbu spektakl har bir tomoshabinni befarq qoldirmadi degan umiddamiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.