Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI KITOBXONLIK HAFTASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2022-04-19    742

Xabaringiz bor, 18-23-aprel kunlari respublikamizda "Kitobxonlik haftaligi" deb e'lon qilindi.

Xuddi shu munosabat bilan kuni kecha Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimi tantanali tashkil etildi.

Ushbu "Kitobxonlik haftaligi"da Andijon davlat universiteti tyutori D.Xodjayeva boshchiligida bir qator talaba-yoshlar ishtirok etdi.

"Kitobxonlik haftaligi" ning birinchi kuni she'riyat malikasi Nodirabegimning 230 yilligiga bag'ishlab "Nodirai davron" nomli mushoira kechasi o'tkazildi.

Tadbir Nodira siymosiga atalgan videorolik bilan boshlanib, barchani o'ziga jalb etdi.

Dastlab Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Ismailova Gulnoraxon Alijanovna so'z olib, kutubxona faoliyatini va bugungi kunda kitobxon yoshlarning safi ko'payib borayotgani quvonarli holat ekanligini alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, Andijon davlat universiteti dotsenti, adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori Zokirjon Mamajonov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Shu bilan birgalikda, universitetimizning faol talaba-yoshlari Nodira ijodidan g'azallar o'qidi, mushoiralar o'tkazdi.

"Kitobxonlik haftaligi"ning birinchi kuni juda maroqli va foydali bo'lib o'tdi hamda barchaning e'tibor va e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Haftalik doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kitob savdo koʻrgazma-yarmarkalari, yozuvchi va shoirlar hamda yosh ijodkorlarning kitoblari taqdimotlari, kitob targʻibotiga oid qiziqarli chellenjlar tashkil etiladi.

 

Siz ham "Kitobxonlik haftaligi" da qatnashing! Kitob o'qing!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.