Bugun, 18-aprel kuni Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazida Andijon shahri boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Ichki ishlar vazirining 2022-yil 25-mart kungi 79-sonli ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz" shiori ostida "Intellektual haftalik" doirasida oʻtkazilgan mazkur bellashuvda Andijon shahrida joylashgan ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat 5 ta jamoa oʻzaro kuch sinashdi.
Qizgʻin kechgan ushbu bellashuv natijalariga koʻra, "Minor" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ishtirok etgan barcha jamoalar boshqarma boshligʻi oʻrinbosari U. Ismoilov tomonidan tashakkurnoma, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Andijon shahri boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan hamkorlik uchun Andijon davlat universitetining "Targʻibot" jamoasiga tashakkurnoma topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI