Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti va Tomsk davlat universiteti bilan 2020-2021 oʻquv yilida “Biznes boshqarish”, “Biologiya” va “Arxivshunoslik” (bakalavr) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2+2 qoʻshma dasturlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan edi.
Bugun, 18-aprel kuni ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida jahon standartlariga javob beradigan kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universitetiga Tomsk davlat universitetidan Yun Sergey Mironovich tashrif buyurdi.
Tashrif buyurgan mehmonni universitetimiz o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Ilyosbek Xasanovlar munosib kutib oldilar.
Shundan so’ng universitetimizning kichik majlislar zalida ikki tomon vakillari bir-birlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashdilar. Samimiy ruhda oʻtgan muzokaralardan soʻng qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻqiyotgan talabalar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet prorektori Rustamjon Mullajonov boshchiligida kafedra mudirlari va 2022-2023-o'quv yilida oʻqishi Tomsk davlat universitetida davom etishi kutilayotgan 50 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida kafedra mudirlari va talabalar tomonidan berilgan savollarga Yun Sergey Mironovich tomonidan yetarlicha javob berildi.
Uchrashuv yakunida mehmonga universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Malumot o’rnida aytish joizki, Tomsk davlat universitetida hozirgi kunda 70 nafar talabalarimiz tahsil olib kelishmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI