Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TURLI NOMINATSIYALAR BO'YICHA TAQDIRLASH MAROSIMI O‘TKAZILDI
2022-04-15    775

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida "Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar o'rtasida turli xil musobaqalar, online viktorinalar hamda zakovat o'yinlari tashkil etilgan edi.

Bugun, 15-aprel kuni mana shu musobaqalarning g'oliblarini taqdirlash marosimi tantanali tarzda bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimini universitetimiz rektori Akromjon Yuldashev ochiq deb e'lon qildi va tanlov g'oliblarini alohida ehtirom bilan qutladi.

Birinchi navbatda, "Huquq bilimdonlari" online viktorinasida faol qatnashib, faxrli o'rinlarni egallagan talaba-yoshlar rektor tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash kechasi barchada xush kayfiyat uyg'otish maqsadida sho'x kuy va qo'shiqlar ijro etildi.

Shundan so'ng "Sohada o'zbek tilining qo'llanilishi" mavzusida o'tkazilgan online viktorina g'oliblari axborot texnologiyalari bo'yicha prorektor Madaminjon Mahkamov tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Universitetning o'quv ishlari bo'yicha prorektori Rustamjon Mullajonov "Yangi O'zbekiston" online viktorinasi g'oliblarini diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

Shu bilan birgalikda tadbir ko'tarinki ruhda o'tishini ta'minlash uchun universitetimizning faol talabalari tomonidan QVZ ijro etildi.

"Navroʻz" umumxalq bayrami munosabati bilan o'tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o'rinlarni egallagan professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar yoshlar masalalari bo'yicha prorektor A'zamjon Hamroqulov tomonidan medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Talaba-yoshlar o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini g'oliblari Akramjon Yuldashev tomonidan taqdirlandi.

Jumladan, universitetimizning talaba-qizlari tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishlab, o'zlarining raqslar guldastasi ila barcha tomoshabinlar qalbini xushnud etdi.

Taqdirlash marosimida o'zining fidokorona xizmatlari va jonkuyarligi bilan talaba-yoshlarga bilim berib alohida e'tibor qozongan professor-oʻqituvchilar ham taqdirlandi.


Universitet ma'muriyati tomonidan ko'rsatilgan mana shunday rag'bat va e'tibor barcha g'oliblar qalbida chuqur minnatdorchilik tuyg'usini uyg'otdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.