Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI TOMONIDAN RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O'TKAZILDI
2022-04-15    614

Joriy yilning 13-aprel kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 14-martdagi 97-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi tomonidan "Zamonaviy uzluksiz ta'limni raqamlashtirish: Pedagogika sohasida zamonaviy tendentsiyalar va rivojlanish omillari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.


Anjumanda pedagogika fakultetining yetakchi professor-oʻqituvchilari, fan doktorlari, jumladan, Ibragimov Xolboy Ibragimovich, Safarova Rohat Gʻaybillayevna, Zaynobiddinov Sirojiddin Zaynobiddinovich, Xodjayev Behzod Xudoyberdiyevich, shuningdek, ilmiy izlanish va tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar o'z loyihalari bilan ishtirok etdi. Zoom platformasi orqali o'tkazilgan ushbu dastur xorijiy tashkilot mutaxassislarini ham o'ziga jalb qildi.


Jarayonda so'z olgan professor-o'qituvchilar uzluksiz ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashga qadriyatli yondashuv amaliyoti, talaba yoshlar huquqiy madaniyati-jamiyat huquqiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida, ta'lim tizimini raqamlashtirishning zamonaviy tendentsiyalari kabi kunning muhim vazifalari borasida fikr almashdilar. Kun nuqtayi nazaridan qaraganda, pedagogika sohasida zamonaviy tendentsiyalar va rivojlanish omillariga zamonaviy texnologiyalar, huquqiy savodxonlik kabi tushunchalarni olishimiz mumkin.

 

Tez sur'atlarda taraqqiy etayotgan rivojlanish omili sifatida ko'zda tutilgan zamonaviy texnologilar ta'lim tizimida yetakchilik qilmoqda. Pedagoglarning zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini olib borishi ta'lim sifatini oshishiga ham imkon yaratadi.Shuningdek, bugungi kunda ta'lim tizimi uchun zarur bo'lgan ehtiyojlar batafsil muhokama etildi.


Bundan ko'zlangan asosiy maqsad malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlash, ularning salohiyatini oshirish, ta'lim berishlari uchun sharoitlarni yaratishdir. Zero,yoshlar kelajagi uchun pedagog ustozlar mas'uldirlar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.