Andijon Davlat
Universiteti
XALQIMIZNING SEVIMLI SANʼATKORLARIDAN IBORAT "KINOKARVON" UNIVERSITETIMIZDA
2022-04-14    675

Bugun, 14-aprel kuni Andijon davlat universitetiga "Kinokarvon" aksiyasi doirasida oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatuvchi, turli kinolar bilan xalqimiz koʻnglidan joy olgan sanʼatkorlar tashrif buyurdilar.

Dastlab mazkur jamoa rahbari soʻz olib, kelgan mehmonlar bilan talabalarni tanishtirdi. Oʻzbek xalqining sevimli kino va teatr aktrisasi Xosiyat Xusanova, Vazira Yunusova, aktyorlardan Umid Iskandarov, Rasulxon Qodirxonov hamda kinorejissor Behzod Tojiyevlar universitetimiz faollar zalida boʻlib, talabalar bilan madaniy uchrashuv oʻtkazdilar.

Soʻngra soʻzga chiqqan Xosiyat Xusanova Andijonimiz haqida goʻzal sheʼr oʻqib, talabalarga havas qilishi, yurtimizda ular uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirdi.

Vazira Yunusova hamda Xosiyat Xusanovalar diltortar qoʻshiqlarni ijro etib, talabalar va ustozlarni raqsga taklif qildilar.

Umid Iskandarov esa kino sohasidagi yangiliklar, xalqaro miqyosdagi hamkorliklar va kino sanʼatida erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi. U oʻz soʻzida oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan va chet elda yuqori baholangan "101-reys" filmi haqida soʻzlab berdi.

Behzod Tojiyev esa talabalarni suhbatga chorlab, ularning kino va sanʼat haqidagi savollariga qiziqdi. Shuningdek, Behzod Tojiyev universitetimizda tashkil etilgan "Humo" teatr studiyasiga qiziqishini bildirdi. Studiya aʼzolari oʻz chiqishlarini mehmonlarga taqdim etdilar.

Rasulxon Qodirxonov esa talabalar bilan jonli ravishda qoʻshiq ijro etdi hamda spektakllar qoʻydilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.