Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI TOMONIDAN KONSERT DASTURI O'TKAZILDI
2022-04-13    694

Joriy yilning 12-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida sanʼatshunoslik fakulteti cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi oʻqituvchisi Hasanboy Dadaboyev boshchiligidagi xalq cholgʻularida ijrochilik  sinfi talabalarining konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Milliy kuylar guldastasi bilan boshlangan konsert dasturi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi hamda ularning davomli olqishlariga sabab boʻldi. Insonni chuqur oʻyga solib qoʻyuvchi sokin kuylar bilan davom etgan kuy-qoʻshiqlar yangrab, kuzatuvchilar qalbidan oʻchmas joy oldi.

Konsert davom etar ekan, sahnani jahon estradasining nodir klassik kuy-taronalari oʻrin egalladi. 

Soʻngra konsert dasturi sanʼatshunoslik fakultetining an’anaviy xonandalik yo’nalishi katta oʻqituvchisi H.Bozorov ijrosida taralgan insonni hissiy kechinmalarini junbushga keltiruvchi, koʻngilga xush yoquvchi navolari bilan davom etdi.

Konsert so’ngida san’atshunoslik fakultetining musiqa ta’limi kafedra mudiri Sh.Ahmedov so’z olib, talabalar tomonidan taqdim etilgan diltortar navolarning jozibador ijro etilganligi, musiqaning inson ruhiyatiga taʼsiri haqida soʻz yuritdi.

Bo’lib o’tgan konsert dasturi tashrif buyurganlarga estetik zavq berib, ularning qalbidan joy oldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.