Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “FAN, TA’LIM VA TEXNIKANI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH MASALALARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY ANJUMAN O’TKAZILDI
2022-04-13    696

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlar chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori 2022-yil 101-F 7-martdagi farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-aprel kuni Andijon davlat universiteti va Andijon mashinasozlik instituti hamkorligida “Fan, ta’lim va texnikani innovatsion rivojlantirish masalalari” mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi.

Ushbu anjumanga Andijon davlat universiteti professori A.Zaparov modernatorlik qildi. Anjumanga 5 ta seksiya bo’yicha ma’ruza tezislari qabul qilindi.

  1. Aniq va texnik fanlar;
  2. Tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo’jaligi fanlari;
  3. Informatika va axborot texnologiyalari ;
  4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar’’;
  5. Amaliy fanlar va san’at.

 

Tashkil etilgan ilmiy anjumanning asosiy maqsadi innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularni samarali qo’llash, inovatsion g’oyalar va ishlanmalarga doir tadqiqotlarning samaradorligini oshirish hamda mutaxassislar tayyorlash sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqishdan iborat.

 

Xalqaro ilmiy konferensiya davomida qilingan ma’ruzalar, anjuman materiallaridan turli fan-texnika yo’nalishlari va ishlab chiqarish, ta’lim muammolari bo’yicha tadqiqot olib borayotgan professor-o’qituvchilarning faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishga imkon berdi.

 

Anjumanda taklif etilgan innovatsion g’oyalar va ishlanmalarni kelgusida ta’lim jarayonlarida va zamonaviy ishlab chiqarishda samarali natijalarga erishishga qaratilgan tuzilmalar bo’yicha ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari fan va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.