Bugun, 11-aprel kuni Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Manish Prabxat va madaniyat markazi direktori professor Chander Shekhar universitetimizning chet tillari fakultetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitetning 1-prorektori A’zamjon Hamraqulov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, chet tillar fakulteti dekani D.Rustamov hamda universitet talabalari tomonidan oʻzbekona milliy ruhda kutib olindi. Mehmonlar uchun dutorchi qizlar ansambli tomonidan goʻzal musiqalar taqdim etildi hamda ularga fakultet koʻrgazmasi tashkil etildi.
Dastlab universitet prorektorlari va chet tillar fakulteti dekani bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv avvalida bir necha muhim masalalar muhokama qilindi. Hindistonlik vakillar oʻzlarining milliy urf-odat va anʼanalari, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida yoʻlga qoʻyilayotgan qoʻshma dasturlar, taʼlim sohasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Soʻngra mazkur uchrashuvda ishtirok etayotgan prorektorlar tomonidan universitetimiz faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berib o'tildi. Tashrif buyurgan mehmonlarga universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar chet tillar fakultetida qad rostlagan yangi Andijon lug'atshunoslik tarjimashunoslik amaliy ilmiy-innivatsiyalar markazini (ALTAIIM) ko'zdan kechirib, u yerda yaratilinayotgan imkoniyatlar bilan tanishib chiqdi.
Bu kabi uchrashuvlar ikki mamlakat ta'lim tizimini kelgusi tarqqiyoti hamda katta marralarga erishish uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI