O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug’ allomalarining mamlakat, qolaversa, jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e’zozlashni o'z o'rniga qo'yadi. Shunday buyuk insonlardan biri Sohibqiron Amir Temurdir.
Bugun, 9-aprel kuni Andijon davlat universitetining tarix fakultetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir kechasi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari D.Musayev, M.Sultonovalar talaba-yoshlarga Amir Temur hayoti va faoliyati haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Shuningdek, fakultet talabalari Amir Temur faoliyatiga oid sahnaviy chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir so'ngida fakultet dekani tomonidan Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan ko'rik-tanlov g'oliblariga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI