Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "BIZ SOG’LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ" MAVZUSIDA UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-04-09    730

Mamlakatimizda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida turli xil seminarlar tashkil etilmoqda va bu o’z navbatida samarali natijalarni ko’rsatmoqda.

Mana shunday uchrashuv bugun, 9-aprel kuni Andijon davlat universiteti filologiya fakultetining jonkuyar tyutori Dilfuzaxon Xadjayeva tashabbusi bilan O’zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Andijon viloyati tashkiloti va Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi hamrohligida O’zNNTMA moliyalashtirgan “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusidagi loyiha bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.

Seminar filologiya fakultetining o’zga tilli guruhlarda rus tili yo’nalishi talabalari ishtirokida tashkil etildi. Seminar davomida soha mutaxassislari talabalarga sog’lom ovqatlanishga e’tibor qaratmaslik orqali yurak qon-tomir, oshqozon, ichak tizimlarida buzilish muammolari kuzatilishi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmaslik tananing turli kasalliklarga uchrashiga sabab bo’lishi haqida tushunchalar berdi.

So’ngra Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazining mutaxassisi talabalarga samarali kun tartibi tuzishda ko’maklashdi va kun mobaynida jismoniy madaniyat hamda sport bilan shug’ullanish salomatlikni yanada mustahkamlashi tog’risida bir qancha tushunchalar berib o‘tdi.

Tashkil etilgan uchrashuv talabalar uchun foydali ma’lumotlarga boy bo’ldi. Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga shifokorlar tomonidan munosib javob oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.