18-aprel - Xalqaro yodgorliklar va obidalar kuni munosabati bilan joriy yilning 8-aprel kuni Andijon davlat universiteti jismniy madaniyat fakulteti tyutori Fotima To’raqulova boshchligida xotin-qizlar sporti yo’nalishi talabalari bilan universitetimiz qoshida joylashgan “Qatag’on qurbonlari” muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Tashkil etilgan ekskursiya mobaynida "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi" eksponatlari bilan tanishdilar. Muzeyda tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov shaxsan o’zlari boshchiligida El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to'laqonli aks ettirgan muzeyga sayohat davomida mehmonlar Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdilar.
Sayohat yakunida talabalarga muzey rahbari, tarix fanlari doktori, professor R.Shamsutdinov tomonidan esdalik uchun kitoblar tarqatildi.
O’tkazilgan sayohatdan talaba-yoshlarmiz o’zlari uchun tarixiy voqealarga boy ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI