Andijon Davlat
Universiteti
DOKTORLIK DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILGAN PROFESSOR-O'QITUVCHILAR KAFEDRA JAMOASI TOMONIDAN TAQDIRLANDI
2022-04-09    878

Joriy yilning 8-aprel kuni Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan professor-o'qituvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu taqdirlash kechasi tantanali ravishda ko'tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Kafedrada oʻz ilmiy tadqiqotlarini yakunlab, dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yosh tadqiqotchilar 03.00.01 – biokimyo, 03.00.08 – odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosliklari shifri boʻyicha Parpiyeva Mashhura, 03.00.06 - zoologiya shifri boʻyicha Zokirova Mohidilxon va 03.00.12 – biotexnologiya shifri boʻyicha Muhammedov Iqboljonlar biologiya fanlari doktori, kafedra mudiri A.K.Husanov tomonidan qimmatbaho buyumlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Marosim so'ngida yosh olimlar M.Parpiyeva, M.Zokirova va I.Muhammedovlar kelgusida ilmiy tadqiqotlarini yana-da yuksaltirib, ilm-fan rivojiga oʻzining ulkan hissalarini qoʻshishiga vada berdi.

Biz ham ularni universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Ilm yo'lida izlanishdan aslo to'xtamang!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.