Joriy yilning 5-aprel kuni Andijon davlat universitetining kichkina majlislar zalida “Meros’’ xayriya jamaot fondi vakili Temirova Zilolaxon, Respublika OITSga qarshi kurash markazi va UNAIDSning O’zbekistondagi vakolatxonasi nomidan 10 nafar ilmiy trenerlar ishtirokida talaba-yoshlar bilan o’quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida soha mutaxasisslari tomonidan talabalarga OIV infeksiyasi tarixi va uning qay yo’sinda yuqish yo’llari, sog’lom turmush tarziga rioya qilish haqida tushunchalar berildi.
So'ngra viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxasisslari K.Mamatov, J.Mamadaliyev hamda L.Ahmedovalar so’z olib, stigma va diskriminatsiya masalalarida hamda bemorlarga antiretrovirus terapiya preparatlari bilan davolash to’g’risida gapirdi.
Seminar so’ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasisslari tomonidan toʻliq javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI