Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA EKSTREMIZM VA TERRORIZM MISSIONERLIK G'OYALARIGA QARSHI MA'NAVIY-MA'RIFIY, TASVIRIY-TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI
2022-04-07    935

O'zbekiston Respublikasi "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasining joriy yilda Respublika ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish diniy bag'rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar samaradorligini va ta'sirchanligini yanada oshirish maqsadida bugun, 7-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida ekstremizm va terrorizm missionerlik g'oyalariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy, tasviriy-targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad yurtimiz tinchligi, millatlarimiz totuvligini barqarorlashtirish, an'anaviy islom dinining va boshqa dinlarning sofligini ta'minlash, ekstremizm va terrorizm kabi missionerlik g'oyalariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy, tasviriy-targ'ibot ruhda kurashishdan iborat.

Tadbir o'zgacha kayfiyatda, o'zgacha shukuhda boshlandi va unga O'zbekiston Respublikasi tasviriy-targ'ibot rahbari, Andijon viloyati hokimi o'rinbosari, Andijon viloyati bosh imom xatibi, universitetimiz  professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Dastlab O'zbekiston Respublikasi tasviriy-targ'ibot rahbari Isfandiyor Latipov Xudoyorovich so'zga chiqib, talaba-yoshlarga yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi, millatlararo totuvlik g'oyalarini va har inson O'zbekiston kelajagi uchun o'z hissasini qo'shish kerakligi haqida so'z yuritdi.


Shuningdek, bugungi kunda tasviriy-targ'ibot ishlarini yana-da yuksaltirib, uni takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati bosh imom xatibi Mirzamahmud Aliyev nutq so'zlab, tinchlik ulug' ne'mat ekanligini, uni qadrlash har bir O'zbekiston fuqarosining burchi ekanligini ta'kidladi.

Zero, Prezidentimiz aytganidek, murakkab va qaltis vaziyatda barchamiz tinch va osoyishta hayotimizni asrash, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash uchun yana-da jipslashib, hushyor va ogoh bo'lib, dadil va qat'iy harakat qilishimiz zarur.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.