Hozirgi kunda Andijon davlat universitetida bir necha xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
Ushbu dasturlardan biri Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib “Texnologik ta’lim”, “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Joriy yilning 4-5-aprel kunlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Polosk davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich, texnologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudirasi Dovgyalo Natalya Viktorovna va jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudirasi Borun Yelena Nikolaevnalar Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Ikki tomon vakillari magistratura mutaxassisliklarida qo‘shma ta’lim (1+1) dasturlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, pedagog kadrlarni malakasini oshirish maqsadida o‘qituvchilar almashinishi hamda xorijiy professor-o‘qituvchilarni masofaviy dars mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muzokaralardan so‘ng, qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘qiyotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan universitetning kichik majlislar zalida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida Polosk davlat universiteti vakillari talabalarga OTMda yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berib, talabalar va ota-onalarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob berdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI