Andijon Davlat
Universiteti
RAMAZON OYIDA GULISTON MFYDA KO‘MAKKA MUXTOJ OILALARDAN XABAR OLINDI
2022-04-06    726

Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko‘mak berish va ularni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilat. Zero, Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov tomonidan o‘tazilgan ushbu xayriya tadbirida yakka yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotganlarga mehr va muruvvat ulashildi.

2022-yil 3-aprel kuni Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov, Guliston MFY raisi A.Xasanovlar  B.Maxmudiy 16-xonadonda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan N.Tojiboeva, B.Maxmudiy ko'chasi 54-xonadonda yashovchi, yakka yolg‘iz onaxon O.Abduvoxidova xamda Universitet ko’cha 93-xonadonda yashovchi yakka yolg‘iz otaxon R.Nugmanovlarning xolidan xabar oldilar, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari topshirdilar.

Darhaqiqat, inson qalbiga quvonch ulashish, ular dardiga sherik bo‘lish ulug‘ baxtdir. Shunday ekan, atrofimizdagi mehrga, ko‘makka muhtoj insonlardan bir og‘iz shirin so‘zimizni, mehr-muhabbatimizni darig‘ tutmaylik. Imkonimiz bo‘lsa, ulardan yordamimizni ayamaylik!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.