Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING BITIRUVCHI KURS TALABALARINI BANDLIGINI TA'MINLASHGA QARATILGAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-04-02    579

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4 - mart kuni oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi o’tkazildi. Bu haqida Prezidentimiz hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri bergan koʻrsatmalar boʻyicha universitetimizda turli tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

Jumladan bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat universitetining bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta'minlash bo'yicha Andijon viloyat xalq ta'limi bo‘shqarmasi va Asaka, Marhamat, Andijon tumanlari xalq ta'limi bo‘limi hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ushbu tumanlardagi maktablarning vakillari hamda mana shu tumanlarda istiqomat qiluvchi universitetning bitiruvchi kurs talabalaridan 300 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Bugungi o'tkazilgan uchrashuvning o'zidayoq 56 nafar bitiruvchi kurs talabalari ish bilan ta'minlandi va ular bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

Mana shunday samarali uchrashuvlar bitiruvchi kurs talabalari uchun ishga joylashishda, kelgusida o'z mutaxassisliklari bo'yicha kasb egalari bo'lishga dasturi amal bo'lib xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.