Andijon Davlat
Universiteti
KEGEYLI TUMANINING ZAKOVAT SEVAR MUHLISLARI YANA ZAKOVAT MAYDONIDA JAM BO‘LDILAR
2022-04-01    595

Joriy yilning 31-mart kuni Andijon davlat universiteti hamda Kegeyli tumani Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mahalla yoshlari oʻrtasida "Viloyat hokimi kubogi" zakovat intellektual o'tkazildi.

 

Universitetimizning iqtidorli talabasi "Zakovat" klubi koordinatori ishtirokida Kegeyli tumanida joylashgan 1-umumtaʼlim maktabida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarning boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish maqsadida aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi zakovat intellektual bahsi tashkil etildi.

 

Boʻlib oʻtgan bahsda mahallalarning 120 nafar zukko yoshlaridan tashkil topgan 20ta jamoa ishtirok etdi.

Kuchli bahs-munozaralarga boy kechgan yoshlar oʻrtasidagi bilimlar jangining yakuniy natijalariga koʻra 1-oʻrinni Aktoʻba mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli "Aktoʻba" jamoasi egalladi. 2-oʻrinni esa Juzimbagʻ mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli "Juzimbagʻ" jamoasi egallagan boʻlsa, 3-oʻrin Jyshanqalʼa mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli "Jyshanqalʼa" jamoasi nasib etdi.


G'olib bo'lgan jamoalar Andijon davlat universiteti ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.