Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ MUTAXASSISLARI TOMONIDAN KEGEYLI TUMANIDA MAHORAT DARSLARI DAVOM ETMOQDA
2022-03-31    600

Yoshlarni bugungi kunda oliy taʼlimga yoʻnaltirish hamda iqtidorli talaba-yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha kuchli kadr bo‘lib yetishi, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida universitetimiz jamoasi tomonidan bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, 31-mart kuni universitetimiz professor-oʻqituvchilari tamonidan Kegeyli tumanining ilmga chanqoq oʻquvchilarini oʻzida jamlagan 55-umumtaʼlim maktabi va 1-umumtaʼlim maktablarida tahsil olib borayotgan oʻquvchilarga mahorat darslari o‘tkazildi.

 

Mahorat darslaridan so‘ng yoshlar bilan maktabning katta majlislar zalida suhbat tashkil etildi. Ushbu suhbatda professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan oliy ta'limga kirish masalasi yuzasidan savol-javob tarzida o‘tkazilgan suhbat qizgʻin tarzda davom etar ekan, oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislarimiz tomonidan yetarlicha javoblar berildi.

 

Ruhiyatning ozuqasi bevosita musiqa hisoblanadi. Ustozlarimizning mohirona tashkil etgan musiqa darslari o‘quvchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.