Andijon Davlat
Universiteti
KEGEYLI TUMANINING O‘QITUVCHILARI ZAKOVAT INTELEKTUAL TURNIRIDA BAHS OLIB BORDILAR
2022-03-31    684

Joriy yilning 30-mart kuni Kegeyli tumanida joylashgan 14-umumtaʼlim maktabida pedagog-oʻqituvchilar oʻrtasida insonni teran fikrlashga va zukkolikka chaqiradigan zakovat intellektual turniri boʻlib oʻtdi.

Bahs-munozaralarga boy tarzda kechgan ushbu turnirga turli maktab muassasalaridan iborat 21 ta jamoadan jami 126 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Musobaqa mobaynida universitetimizning mohir sozandalari tomonidan insonga oʻzgacha kayfiyat ulasha oladigan dilkash kuy-qoʻshiqlar jarang sochdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, 1-oʻrinni 14-maktabning "14+" jamoasi egalladi. 2-oʻrin esa 25-maktabning "Ishonqalʼa" jamoasiga nasib etgan boʻlsa, 3-oʻrinni 5-maktabning "Astrum" jamoasi qoʻlga kiritdi.

Gʻolib boʻlgan jamoalar universitetimiz ma'muriyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Mezbonlar tomonidan universitet jamoasiga mazkur Zakovat turnirini tashkil etishdagi amaliy koʻmagi va samarali hamkorligi uchun universitetimiz oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.