Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI TOMONIDAN "QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR" KONSERT DASTURI TASHKIL ETILDI
2022-03-31    539

Joriy yilning 30-mart kuni Andijon shahrida joylashgan harbiy qism xizmatchilarni ma’naviy xordiq olishlari uchun Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan ''Universal'' terma jamoasi tomonidan quvnoqlar va zukkolar konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

 

Konsert dasturi davomida ''Universal'' jamoasi talabalari o‘zlarining quvnoqlik va zukkolik asosida tayyorlagan bir-biridan qiziqarli chiqishlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdilar. Qiziqarli lahzalar va kayfiyatni ko’taruvchi hazillarga boy o’tgan tadbir tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Ushbu tadbirga o‘zgacha fayz ulashish maqsadida universitetning san'at sevar talabalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar harbiy xizmatchilar ko‘ngliga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

 

Tadbir so'ngida "Universal" terma jamoasi harbiy qism komandiri tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi hamda universitetimizning Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga mazkur konsert dasturini tashkil etishdagi amaliy koʻmagi va samarali hamkorligi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdilar.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.