Andijon Davlat
Universiteti
KEGEYLI TUMANI BITIRUVCHI-YOSHLARINING BILIMLARI MAHORAT DARSLARIDA MUSTAHKAMLANMOQDA
2022-03-30    605

Xabaringiz bor, universitetimizning 30 dan ziyod professor-oʻqituvchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanida maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Jumladan, bugun Andijon davlat universitetining soha mutaxassislari tomonidan Kegeyli tumanining 5-umumta'lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazildi. O‘tkazilgan darslardan so‘ng oʻquvchilarning oʻzlari qiziqqan fanlari boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazildi.

Kunning ikkinchi qismida universitetimizning jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan 5-maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari oʻrtasida sportning volebol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar universitet ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan mana shunday ma'naviy-ilmiy tadbirlardan maktab jamoasi mamnun ekanliklarini aytib, oʻzlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.