Andijon Davlat
Universiteti
VILOYATIMIZDAGI OTMLARIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN FAKULTET DEKANLARI HAMDA KAFEDRA MUDIRLARIGA SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI
2022-03-30    527

Bugungi kunda, mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh etish, sohaga innovatsion ishlanmalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim tizimida roʻy berayotgan barcha yangiliklar oʻqituvchining kasbiy salohiyatini shakllantirish va mustahkamlashga baʼzi yondashuvlarni qayta koʻrib chiqishni talab qiladi.

Oʻqituvchi bilim tashuvchisi, shuning uchun u oʻquvchi shaxsini oʻrganish va rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Shu munosabat bilan har bir oʻqituvchi oʻzining innovatsion salohiyatini rivojlantirishi va takomillashtirishi kerak, chunki oʻqituvchining yangilik qobiliyati uning kasbiy rivojlanishida eng muhim omil hisoblanadi.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ishchi-guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini oʻrganilmoqda.

Mavjud muammolar, pedagoglar malakasi, oʻquv jarayoni bilan bogʻliq masalalar ishchi-guruh tomonidan tanqidiy-tahliliy oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida ilgari surilgan taklif va mulohazalar yuzasidan Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktor oʻrinbosari Esonov Muzaffar Hoshimovich tomonidan “Oliy taʼlimda taʼlim sifati samardorligini oshirish va personalni boshqarish” mavzusida viloyatdagi OTM fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlariga seminar-trening oʻtkazildi.

Unda taʼlim jarayoniga taʼsir etuvchi omillarga, xususan professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, moddiy texnika bazasidan foydalanish, metodik taʼminotning yuqoriligi, talabalar bilimlarini baholash tizimiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, seminar-trening davomida talabalarni baholab ularga motivatsiya berish, modul-kredit tizimida baholash, yoshlarni darslarga jalb etishda innovatsion metodlardan foydalanish, oʻquv adabiyotlarni boyitish kabi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Bu kabi seminarlar kelgusida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.