Andijon Davlat
Universiteti
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI TOMONIDAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FAOLIYATI O’RGANILDI
2022-03-30    727

Joriy yilning 29-mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Neʼmatovich Toshkenboyev boshchiligidagi ishchi-guruh universitetimizga tashrif buyurdi.


Dastlab kichik majlislar zalida Ulugʻbek Toshkenboyev, Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Nasibullo Nabiyevich, prorektorlar, shuningdek, hududiy boʻlimlar rahbarlari, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi va Oʻrta maxsus taʼlim boshqarmalari boshliqlari, viloyatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Dastlab soʻz olgan Nasibullo Nabiyevich tashrif maqsadi haqida soʻzlab, majlisda ishtirok etayotganlarni ishchi-guruhga tanishtirdi.

 

Soʻngra Ulugʻbek Neʼmatovich davlatimiz rahbarining taʼlim tizimining sifatini oshirish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida muddatli dasturlar qabul qilish haqida gapirdi. U oʻz soʻzida oliy taʼlim respublika taʼlim tizimini boshqaruvchi kuch ekanligi va sohada qilinayotgan yangi ishlar haqida soʻzladi. Shuningdek, taʼlim tizimini yanada rivojlantirish uchun klaster usulidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi, xususan, maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish, "Ilm yoʻli" va "Ilmga qadar" dasturlarini yanada ommalashtirish zarur ekanligini taʼkidladi. Mamlakatimiz bu yil ilk bora PISA xalqaro baholash dasturi doirasida testdan oʻtishi va undan kutilayotgan natija haqida soʻz yuritdi. Barcha taʼlim bosqichlarining oʻzaro aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Soʻngra universitetimizda tashkil etilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Laboratoriyada faoliyat olib borayotgan magistrantlar, doktorant va erkin tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. Samarqand va Fargʻona vodiysi ob-havosini oʻzaro taqqoslab, vodiyni Quyosh batareyalari yordamida elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida ilmiy ishlar olib borishga tavsiyalar berdi. Fizika-matematika fakulteti magistranti Jasurbek Gʻulomjonov bilan alohida suhbatlashib, chet el mamlakatlari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatilganligi haqida soʻradi. Jasurbek Gʻulomjonov oʻz ilmiy faoliyatidagi yangiliklar va Janubiy Koreyadagi eng kuchli professorlar bilan oʻzaro aloqada ekanligini aytib oʻtdi.

 

Keyingi tashrif Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiga boʻldi. Dastlab inspeksiya boshligʻi institutda olib borilayotgan dars mashgʻulotlari bilan tanishdi. Soʻngra talabalar turar joyiga borib, talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Turar joydagi xonalardan biriga kirib, talabalar bilan suhbat oʻtkazdi.Yotoqxonada qizlar uchun tashkil etilgan kompyuter oʻrganish, pazandachilik va chet tillarini oʻrganish toʻgaraklari faoliyati bilan tanishdi. Ulugʻbek Toshkenboyev talabalar turar joyidagi maxsus fitnes-zalni alohida eʼtirof etdi.

Keyin esa, chet tillari fakultetida tashkil etilgan Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik ilmiy-amaliy innovatsion markaziga borildi.
Tashrif chogʻida universitetimiz talabasi M. Mahmudov tomonidan yaratilgan va Play Market' ga joylashtirilgan dasturini taqdim etdi. Ushbu dastur 5-11-sinf oʻquvchilariga moʻljallangan boʻlib, bunda turli fanlardagi terminlarning 11 tildagi tarjimasi va izohi oʻrin olgan.
Soʻngra ishchi-guruh mazkur markazda tashkil etilayotgan tipografiya xonasi bilan yaqindan tanishdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.