Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ JAMOASI TOMONIDAN KEGEYLI TUMANIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI PEDAGOGLARI UCHUN MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI
2022-03-30    490

Joriy yilning 29-mart kuni Andijon davlat universiteti jamoasi Kegeyli tumanining "Madaniyat" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 6-son maktabgacha taʼlim muassasasi pedagoglari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Professor-oʻqituvchilar muassasaga kirib borar ekan, bu yerdagi muhitni koʻrib, oʻzlarining yoshlik chogʻlarini bir qator xotirladilar. Insonga oʻzgacha zavq beruvchi ranglar uygʻunligi bilan bezatilgаn xonalar hamda muassasadagi yosh bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻrib koʻz quvondi desa mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻz tashrifi chogʻida maktabgacha taʼlim fakulteti professor-oʻqituvchisi va ushbu muassasada ish faoliyatini olib borayotgan pedagog-oʻqituvchilar birgalikda tajribalarini oʻrtoqlashdilar hamda kelgusida ham oʻz sohalari boʻyicha tajriba almashishga kelishildi.

Qiziqarli mashgʻulotlarga boy tarzda kechgan davra suhbatiga universitetimizning mohir sozandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar oʻzgacha kayfiyat ulashdi.

Maʼlumot uchun 6-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida bugunga kelib 180 nafar yosh avlod tarbiyalanmoqda hamda 22 nafar jonkuyar pedagog-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Uchrashuv yakunida yosh qizchalar ijrosida ajoyib raqslar boʻlib oʻtdi. Qizlarning koʻzidagi quvonchni koʻrgan universitetimiz jamoasi oʻzlarining bu tashrifidan хursand ekanliklarini aytib oʻtdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.