Andijon Davlat
Universiteti
KEGEYLI TUMANI YOSHLARI O'RTASIDA SPORTNING BASKETBOL TURI BO'YICHA TURNIR TASHKIL ETILDI
2022-03-29    776

Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish maqsadida bugun Kegeyli tumanining uyushgan va uyushmagan yoshlari o‘rtasida Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan sportning basketbol turi bo‘yicha maktablar oʻrtasida turnir o‘tkazildi.

 

Turnirda Kegeyli tumanining oʻgʻil bolalaridan tashkil topgan 12 ta jamoa va qiz bolalaridan tashkil topgan 5 ta jamoada 200 dan ziyod o'quvchi-yoshlar oʻz maktabi sharafini munosib himoya qildilar. Musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. 

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqasining yakuniy natijalariga koʻra 1-oʻrinni 9-maktab egalladi. 2-oʻrinni 3-maktab qo'lga kiritgan bo'lsa 3-oʻrin 55-maktabga nasib qildi.

 

Qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 1-oʻrinni 20-maktab qo'lga kiritdi. 2-oʻrinni esa 9-maktab, 3-oʻrini 55-maktab qo'lga kiritdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida esa maktablar oʻrtasida sportning stol tennis turi boʻyicha turnir bo'lib o'tdi. Ushbu turnir shiddat va hayajonlarga boy tarzda kechgan murosasiz turnirning yakunida gʻolib jamoalar munosib taqdirlandi.

 

O‘tkazilgan musobaqalar so‘ngida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar universitetimiz ma'muriyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Аna shunday sport musobaqalarini oʼtkazilib turilishi yoshlarni jismoniy tarbiyaga boʼlgan qiziqishini sportga bo‘lgan munosabatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.