O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga asosan, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo’yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday amaliy ishlardan biri bugun, 29-mart erta tongda Andijon davlat universitetining 1-talabalar turar joyida "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" aksiyasi hamda ertalabgi badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.
Ushbu aksiya doirasida jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari 1-yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar bilan birgalikda ochiq osmon ostida universitet hududi bo'ylab piyoda yurdi.
Barchamizga ma'lumki, mamlakatimizda jismoniy madaniyat va uni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan.
Darhaqiqat, sport aholining salomatligini mustahkamlash hamda yoshlarni sogʻlom ruhda tarbiyalashga xizmat qiladi.
Mana shunday ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini oʼtkazib turish o'zimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga asos yaratadi.
Sog'lom bo'lay desangiz, sport mashg'ulotlari bilan muntazam shug'ullaning.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI