Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI TOMONIDAN KEGEYLI TUMANIDAGI YOSHLARNING BO‘SH VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
2022-03-29    415

Xabaringiz bor, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanida uyushgan va uyushmagan yoshlar doirasida ko‘plab musobaqa va tanlovlarga start berilgan.

Ana shunday tanlovlarning biri bugun, 29-mart kuni Kegeyli tumanining ilmga chanqoq oʻquvchilarini oʻzida jamlagan 14-umumta'lim maktabida Andijon davlat universitetining tashabbuskor professor-o'qituvchilari tomonidan oʻquvchi-yoshlarni topqirlikka va zukkolikka targʻib qiluvchi "Zakovat" intellektual turniri o'tkazildi.

Turnirda jami 30 ta maktabdan tashrif buyurgan 30 ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib bordi. Gʻoliblik uchun kechgan qizgʻin bahslarda jamoalarga 11 ta savol o'qib eshittirildi.

Turnir davomida oʻquvchilarga madaniy hordiq sifatida universitetimiz mohir sozandalarining kuy-qoʻshiqlari davraga oʻzgacha zavq baxshida etdi.

Bahs va munozaralarga boy tarzda kechgan turnirning yakuniy natijalariga koʻra 1-oʻrinni 14-maktabning "Qoraqalpoq bilimdonlari", 2-oʻrinni 36-maktabning "Ayaziy" jamoasi hamda 3-oʻrinni esa 55-maktabning "Shejere" jamoalari qoʻlga kiritdi hamda gʻolib jamoalarga universitetimiz tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alar tantanali ravishda topshirildi.

Tashrif davomida jonkuyar professor-oʻqituvchilar tomonidan 14-umumtaʼlim maktabining bitiruvchi-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchilar bilan yaqindan muloqot olib borish hamda ularni Oliy taʼlimga yoʻnaltirishdan iborat.

Tashkil etilgan tadbir so'ngida universitetimizning Axborot texnologiyalari bo`yicha prorektori Madaminjon Mahkamov barcha ishtirokchilarga kelgusida bundan-da ulkan choʼqqilarga erishishi va ilm yo'lida izlanishda hech qachon charchamasliklarini ta'kidladi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.