Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilari bilan bo'lgan muloqot chog'ida maktablarning infratuzilmasini yaxshilash, Vatan ravnaqi uchun malakali kadrlar tarbiyalash ishlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. Mana shu topshriqlarni ijrosini taminlash maqsadida Andijon davlat universitetidan ham 30 dan ziyod professor-o‘qituvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir qancha amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Jumladan, bugun Kegeyli tumaninig 10-umumta'lim maktabida ikki ta'lim muassasasi oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Dastlab universitetimiz professor-oʻqituvchilari hamda Kegeyli tumanining Xalq taʼlim mudiri Q.B.Bekimbetov ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Soʻngra maktabda tahsil olayotgan oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish koʻzda tutilgan holda, sport musobaqalari tashkil qilindi. Sport musobaqalari doirasida tadbir ishtirokchilari voleybol, stol tennis, arqon tortish va shaxmat boʻyicha bellashdilar.
Uchrashuv davomida professor-oʻqituvchilar maktabning turli sinflariga o‘quv rejada belgilangan oʻz mutaxassisliklari boʻyicha master klass darslarini o‘tib berdilar. Shuningdek, ushbu maktabning 30 dan ziyod malakali ustozlar bilan oʻqitish metodikasini bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Rejaning keyingi bandiga muvofiq anʼanaviy tarzda universitetimizning "Zakovat" klubi koordinatori tomonidan oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasida intellektual oʻyin tashkil qilindi.
Yoshlar taqdiri hamda ularning sifatli ta'lim olishlariga befarq bo'lmagan Andijon davlat universiteti tomonidan ushbu maktabning 6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan sinf xonasi zamonaviy, talabga mos o'quv jihozlari bilan ta'minlandi. Jumladan, 30 ta stul, 15 ta parta, yozuv doskasi, o'qituvchi uchun mo'ljallangan stol va stul va eng muhimi, kitoblar bilan to'ldirilgan kitob javoni sinf xonasidan o'rin egalladi. Badiiy kitoblar mutolaasi har bir o'quvchi uchun manfaatlidir, maktab kutubxonasida mavjud bo'lgan kitoblarning deyarli ko'p qismi sinf kutubxonasida o'z kitobxonini chorlab turibdi. Tashrifdan xursand boʻlgan oʻquvchi-yoshlar oʻzlari yod olgan sheʼr-qoʻshiqlari bilan professor-oʻqituvchilarni mamnun etdilar.
Shundan so‘ng mehmonlar tomonidan madaniy tadbir tashkil etilib, tadbir avvalida oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Oʻ.Ismailov universitetimizning jonkuyar jamoasining tashrifi mobaynida amalga oshirgan ishlaridan xursand ekanligini taʼkidladi. Soʻngra, sahnada qoraqalpoq milliy kuy qoʻshiqlari jarang sochdi. Shuningdek, oʻquvchilar universitetimiz jamoasiga sovgʻa tariqasida "Andijon polkasi"ga raqs tushdi. Tadbirni universitetimiz iqtidorli talabasi A.Mirzakarimov tomonidan qoraqalpoq kuy-qoʻshiqlari bilan davom ettirdi. Unga barcha oʻquvchilar joʻr boʻldilar.
Yaratilgan mana shunday keng imkoniyat va qulayliklar o'quvchi-yoshlarni, shubhasiz, yuksalish sari harakat qilishida o'z samarasini beradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI