Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "ZAMONAVIY MATEMATIKANING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY MASALALARI" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BOʻLIB OʻTDI
2022-03-27    1099

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “2022-yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamizdagi turli oliy taʼlim muassasalarida anjuman va seminarlar tashkil etilmoqda.

 

ZAMONAVIY MATEMATIKANING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY MASALALARI, 1-qism, 12mb

 

ZAMONAVIY MATEMATIKANING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY MASALALARI, 2-qism, 10mb

 

ZAMONAVIY MATEMATIKANING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY MASALALARI, 3-qism, 8mb

Xususan, universitetimizda ham 26-mart kuni “Zamonaviy matematikaning nazariy asoslari va amaliy masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Ushbu anjuman doirasida universitetimizga Oʻzbekiston Qahramoni, akademik olim Sh. Ayubov, shuningdek, G.Xudayberganov, A. Artikbayev va A. Oʻrinov kabi respublikamizning yetakchi matematik, professor olimlari tashrif buyurdilar.

Anjumanni universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev tashkiliy qoʻmita raisi sifatida ochib, mehmonlarga ushbu tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Soʻngra Oʻzbekiston Qahramoni, akademik olim Sh. Ayubov soʻz olib, “Квантовая динамика и дифференцирования на операторных алгебрах” mavzusida maʼruza qildi.
Yalpi majlis davomida akademik A.Sadullayev, A.Azamov, shuningdek, professor G.Ibragimov, M.Aripov va O‘.Rozikovlar ham Zoom orqali so’zga chiqib, o’zlarining ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan ilmiy ishlari va sohalari bilan anjuman qatnashchilarini tanishtirdilar.

Yalpi majlis yakunidan soʻng, mehmonlar kofe-breykka taklif etildi. Undan soʻng, tashrif buyurganlar universitetimiz boʻylab sayr qildilar va ommaviy suratlarga tushdilar.

Anjumanning ikkinchi qismi fizika-matematika fakulteti binosida davom etdi. U yerda 5 ta shoʻba boʻyicha maʼruzalar oʻtildi. Ushbu maʼruzalar davomida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan ilmiy savollariga ham qoniqarli javoblarni oldilar.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtgan ushbu shoʻba maʼruzalari, umuman, anjuman tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.